Chizkeyk

  • 2015-09-28 16:01:27
  • 6
  • 4
  • 24063

Masalliqlar

  • tuxum - 1 dona
  • limon sharbati - 0.5 dona
  • suzma - 600 gr
  • smetana - 120 gr
  • shakar upasi - 200 gr
  • pechene - 500 gr
  • margarin - 180 gr
  • tuxum sarig'i - 3 dona

Tayyorlash usuli

1. Birinchi bo‘lib, tayyor pecheneni mayda bo‘laklarga bo‘lib, urvoq holatiga keltiramiz.

2. Urvoqlangan pechenega oldindan eritilgan margarinni solib, qo‘lda yaxshilab aralashtiramiz. Margarinni mikroto‘lqinli pechda 30-40 soniyaga isitishga qo‘ysangiz yetadi.

3. Yarim tayyor xamirimizni tayyor qolipga presslab forma beramiz. Va oldindan qizdirilgan duxovkaga xamirni 10 daqiqaga solib pishirib olamiz. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng, uni sovutishga bir chetga olib qo‘yamiz. Ungacha kremni tayyorlasak ham bo‘ladi.

4. Suzmani idishga solib, mikser yordamida (minimum tezligida) aralashtiramiz. Keyin unga qand upasi va limon sharbati va smetenani qo‘shib aralashtiramiz.

5. So‘ng 1 ta tuxum va 3 ta tuxum sarig‘ini kremga qo‘shib, asta-sekinlik bilan 1 daqiqa aralashtiramiz. Kremni aralashtirganingizda unda ortiqcha pufakchalar hosil bo‘lmasligiga ahamiyat bering.

6. Tayyor xamir ustiga kremni solib, lojka yordamida bir tekislab chiqamiz.

7. Duxovka tagiga idishga sovuq suv qo‘ygandan keyin Chizkeykni past olovda 50-60 daqiqa pishirib olamiz. Belgilangan vaqt o‘tgandan keyin, pirogni darhol olishga urinmang. Duxovka eshigini ochiq qo‘ygan holda uni sovushini kuting.

8. Chizkeyk butunlay sovugandan keyin, uni 6-7 soatga muzlatgichga qo‘ying.

9. Natija kutganimdan ham a’lo darajada chiqdi. Eng muhimi, ko‘chada tayyorlanadigan chizkeyklardan deyarli farq qilmaydi. Ushbu retseptdan foydalangan holda, Chizkeykni oila a’zolaringizga tayyorlab bering. O‘ylaymanki, sizlarga yoqib tushadi.

Yoqimli ishtaha!



Izoh

  • Спасибо за рецепт! Буду пробовать тоже сготовить)

    yozilgan 16:18 29.09.2015
  • Какая прелесть, обязательно попробую в ближайшие выходные!

    yozilgan 16:45 29.09.2015
  • Бахора, спасибо за рецепт. Теперь у нас это любимый дессерт)))

    Кстати, захар я полностью заменила на ксилитол, а вместо печенек делаю обычное тесто на кефире. Вроде как диетичней)))

    yozilgan 15:29 09.02.2016
  • Я очень рада, что мой рецепт Вам понравился))

    Если Вас интересует диетические десерты то попробуйте приготовить мой новый рецепт "Тирамису".))

    yozilgan 23:18 21.02.2016