Tiramisu (Savoyardi pechen'yesi bilan)

  • 2016-02-08 17:53:34
  • 2
  • 0
  • 5402

Masalliqlar

  • malina - 1 ta'bga ko'ra
  • tuxum - 5 dona
  • suzma - 500 gr
  • kakao kukuni - 1 ta'bga ko'ra
  • shakar upasi - 1 stakan
  • qahva - 1 osh qoshiq
  • savoyardi pechenyesi - 1 ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

1. Tuxum sarig‘ini shakar upasi bilan qo‘lda yoki mikserda oq tusga kirgunga qadar yaxshilab ko‘pirtiring.

2. Keyin tuxum sarig‘iga tayyor "Maskarpone" pishlog‘i yoki oddiy o‘zimizning suzmani solib, bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiring. Ushbu retseptda men suzmadan foydalanganman.

3. Endi alohida idishda tuxum oqini ham ko‘pirtirib olamiz.

4. Navbat barcha masalliqlarni birga aralashtirish qoldi. Yaxshilab va ehtiyotkorlik bilan aralashtirishga ahamiyat bering.

5. Tiramisu alohida mazaga ega bo‘lishi uchun o‘tkir qahva damlaymiz. Va qahva yaxshilab sovugandan so‘ng, tayyor "Savoyardi" pechen'yelarini qahvali suvga bo‘ktirib, maxsus kremanka idish ostiga terib chiqamiz.

6. Endi esa, qahvali pechen'ye ustidan tayyor masalliqlarimizni solib, ustidan yana pechen'ye va suzmali massani quyamiz. Shu bilan idishlar ustini bir qavat selofan bilan yopib minimum 2 soatga muzlash uchun muzlatgichga qo‘yamiz. Dasturxonga tortishdan oldin ustini kakao kukuni va muzlatilgan malina bilan bezatgan holda tortiq qilamiz.

7. Yoqimli ishtaha!