Konus manti

  • 2016-08-22 15:38:40
  • 0
  • 0
  • 8391

Masalliqlar

  • mol go'shti - 500 gr
  • piyoz - 600 gr
  • un - 0.5 kg
  • dumba yog‘ - 200 gr
  • tuxum - 1 dona
  • suv - 200 ml
  • tuz - 0.5 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Tayyorlanishi:
Har doimgidek ishni avval xamir qorishdan boshlaymiz. Un, suv, tuxum va tuzlarni aralashtirib qattiq va yaxshigina oshxamir qoriladi va biroz tindiriladi. Xamir tinguncha go‘sht, piyoz va yog‘ni mayda kubik shaklida to‘g‘rab ziravor xamda tuzni aralashtirib qiyma tayyorlab olish ham mumkin.
Xamir tingach taxminan 20 grammlik bo‘lakchalarga bo‘lib, qurutdek mayda zuvalachalar qilinadi va ushbu zuvalachalarni ham 15-20 daqiqa mobaynida yelim xaltaga solib tindiriladi. Zuvalachalar bir biriga yopishib qolmasligi uchun ozroq un sepib aralashtirib yuborishni tavsiya etiladi. So‘ngra zuvalachalarni har birini jo‘va bilan yoyiladi.Va ushbu yoyilgan jildni qo‘lni xalqa qilib ustiga qo‘yiladi.O‘rtasiga qiyma solinadi.
Va barmoqlar bilan qiymani ehtiyotkorlik ila biroz ichkariga bosiladi.
Endi xuddi manti kabi bir chetdan xamirni bir biriga yopishtirib, to‘qib chiqish mumkin, faqat oddiy mantida avval bir tomonda yarmigacha tugilib, so‘ngra ikkichi tarafdan tugiladi bu yerda esa faqat bir tomonda tugilishni boshlab oxirigacha yetqaziladi.
Va manti qasqonga tagini yog‘lab tikka qo‘yiladi.Hammasi shu shaklda tugiladi va qaynab turgan suvda 30-35 daqiqa mobaynida pishirib olinadi. Manti bug‘da ko‘p turib qolsa bo‘shashib, shakli istagandek chiqmasligi mumkin.Tayyor bo‘lgan mantilarni ta’bga ko‘ra bezatib dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin.