Pekin karami va pomidorli salat

  • 2016-10-28 12:52:30
  • 1
  • 0
  • 8867

Masalliqlar

  • pomidor - 200 gr
  • kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • salat bargi - 1 bog‘
  • pekin karami - 200 gr

Tayyorlash usuli

Ko‘kat, pomidor va karamli vitaminlarga boy salat.

Pekin karamini katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘ling.

Pomidorlarni o‘rta kattalikda maydalang.

Salat barglarini yirik shaklda kesing.

Petrushkani mayda to‘g‘rang.

Idishga oldin karam, pomidor, salat bargi va petrushkani solib, ustidan o‘simlik yog‘i quying. Endi tuzini rostlab yaxshilab aralashtiring.