Braslet salat

  • 2016-11-02 05:53:29
  • 1
  • 0
  • 5503

Masalliqlar

  • kartoshka - 2 dona
  • sabzi - 1 dona
  • piyoz - 1 dona
  • lavlagi - 1 dona
  • mayonez - ta'bga ko'ra
  • tovuq boldiri - 300 gr
  • muz bo‘laklari - anor-1 dona

Tayyorlash usuli

  • Kartoshka, sabzi, lavlagi, tovuq go'shtini tuzli suvda qaynatib olamiz.
  • Tovaga ozgina yog' solib piyoz va qaynagan tovuq go'shtini bir qovurib olamiz.
  • Qaynagan sabzavotlarni qirg'ichdan chiqarib olamiz.
  • Lagan o'rtasiga stakan qo'yib chetiga 1-kartoshka va ustidan mayonez surtamiz.
  • Keyin sabzi+mayonez, tovuq goshti+mayonez, lavlagi+mayonez va eng oxirida salat yuziga anor terib chiqamiz.
  • Xolodilnikda 2 soat turgach, lagan o'rtasidagi stakanni asta olamiz, salat tayyor.