Bananli eskimo

  • 2016-11-07 17:57:52
  • 1
  • 0
  • 7936

Masalliqlar

  • banan - 2 dona
  • yong‘oq - 50 gr
  • shokolad sutli - 100 gr

Tayyorlash usuli

Bananni po‘stlog‘idan ajratmasdan uni 4 ta qismga bo‘ling (yoki banan uzun bo‘lmasa, 2-3 qismga).

Har bir bo‘lakka muzqaymoq cho‘pini tiqib chiqing (agar bo‘lsa).


Yoki bo‘lmasa choy qoshiqchadan foydalansangiz ham bo‘ladi.

Keyin po‘stlog‘idan ajratib, ularni tarelkaga tering va muzlatgichga 3-4 soatga muzlashi uchun soling.

Yong‘oqlarni blender yoki pichoq yordamida maydalang.

Shokoladni bo‘laklarga bo‘lib, suv bug‘ida eriting.

Shokoladni bir xil massa hosil bo‘lguncha erting va silikon kistochka yordamida bananlarga shokoladni surtib chiqing.

Shokoladni surtib bo‘lgandan keyin birdaniga ustidan maydalangan yong‘oqlarni seping.


Endi bananlarni sovushi uchun muzllatgichga 30-60 daqiqaga qo‘ying.


Tayyor bananli eskimolarni tanavvul qilishdan 3-5 daqiqa oldin muzlatgichdan olib qo‘yish tavsiya etiladi.

Yoqimli ishtaha!