Shokoladli jele

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 50 daq
  • Toifa: Desertlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 653.6 ккал
  • 2016-11-16 17:08:00
  • 0
  • 0
  • 5185

Masalliqlar

  • shakar - 100 gr
  • sut - 200 gr
  • kakao kukuni - 2 osh qoshiq
  • jelatin - 1 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

  • Jelatinga 3-4 osh qoshiq suv solib olib qoyamiz.
  • Yarim soat vaqt o'tgach bo'tqasimon massa hosil bo'ladi.
  • Alohida idishga sut,shakar,kakaoni solib gazga qo'yamiz.
  • Qaynab chiqqach qoshiqda tez-tez aralashtirib turamiz.
  • So'ng jeleli massani qo'shib aralashtirishda davom etamiz.
  • 3-4 daqiqa qaynagach (to'xtamay aralashtirib turamiz) gazni o'chiramiz.
  • Suyuq jeleni selekon qolipga quyib xolodilnikka 2 soatga qo'yamiz.
  • 2 soat o'tgach jeleni qolipdan chiqarib olamiz.
    Shokoladli jele tayyor.