Cho'zma lag'mon (qovurma)

  • 2016-11-23 06:30:31
  • 1
  • 0
  • 18599

Masalliqlar

  • sabzi - qizil-1 dona
  • piyoz - 2 dona
  • pomidor - 3 dona
  • kungaboqar yog'i - 1 stakan
  • un - 600 gr
  • tuxum - 1 dona
  • suv - 1 stakan
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • selderey - 1 bog‘
  • ziravor - ta'bga ko'ra
  • tomat pastasi - 2 osh qoshiq
  • sarimsoqpiyoz donasi - 5 dona
  • qizil bulg'or qalampir - 1 dona
  • mol go'shti qiymasi - 300 gr

Tayyorlash usuli

Masalliqlar:

Xamiri:
600 gr un
1 dona tuxum
1 piyola suv
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq yog'

Qaylasi:

2 cho'mich yog'
300 gr qiyma
1 dona piyoz (katta)
4-5 dona sarimsoqpiyoz donasi
1 dona qizil sabzi
3 dona pomidor
2 osh qoshiq tomat
1 bog' selder
1 dona qizil balgariskiy
1 osh qoshiq envir
pereprava dlya lagman
Tayyorlash
Xamiri:
1 piyola suvga tuxum, yog', tuz solib aralashtiramiz.

4 - 4,5 piyola un solib qattiq xamir qilamiz.

20 daqiqa tindirib lagandek qilib yoyamiz.

2 sm li kesmalar kesib, yog'lab ustiga selofan yopib yana 20 daqiqa tindiramiz.

Tingan lentalarni qo'lda yoyib yog'langan laganga dumaloq qilib joylashtiramiz, selafan yopib yana 10-15 daqiqa dam beramiz.

2-martda ham qo'lda cho'zib cho'zib yoyamiz.
So'ng qo'lga o'rab stolga urib-urib, qaynab turgan tuzli suvda, baland olovda pishirib olamiz.
Xamir suv yuziga chiqqach pishgan bo'ladi.

Chovlida pishgan xamirni olib sovuq suvda 1 chayib, yog'lab qo'yamiz.

Qovurma lag'mon qaylasi:
Qozonga 2 cho'mich yog' solib qizdiramiz.

Parrak to'g'ralgan piyoz solib 2-3 aylantirib, so'ng qiyma solib qizartirib qovuramiz.

So'ng mayda somoncha to'g'ralgan sabzi, kubik to'g-n pomidor solib suvi quriguncha qovuramiz.

Tuz, ziravorlar, maydalangan chesnok,balgariskiy, jandig', selder solib qovurishda davom etamiz.

Tomat qo'shib 1-2 qovurib, 5-6 qoshiq suv solib past olovda 20 daqiqa dimlab qo'yamiz.

Ustiga pishgan xamirni qo'shib 3-4 martta qovuramiz(olovni sal ko'tarib).

Qovurma cho'zma lagmon tayyor, yoqimli ishtaha.