Tuxumli baqlajon salat

  • 2016-12-14 07:35:59
  • 0
  • 0
  • 10935

Masalliqlar

  • kartoshka - 1 dona
  • baqlajon - 1 dona
  • pomidor - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - 3-4 osh qoshiq
  • tuxum - 1 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • sarimsoqpiyoz donasi - 3 dona
  • pektin - murch- ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

  1. Baqlajonni aylana shaklda to'g'rab olamiz.
  2. Tuxumni ko'pirtirib, baqlajonni botirib olamiz.
  3. Qizigan yog'da o'rta olovda qovuramiz.
  4. Kartoshkani mayda somoncha shaklda to'g'rab, qizigan yog'da qovurib olamiz.
  5. Pishgan baqlajon va pomidorni ham somoncha mayda to'g'rab olamiz.
  6. So'ng barcha masalliqlarni aralashtirib, ezilgan sarimsoq, tuz, murch va ko'kat solamiz.

Teglar: oila uchun oson