Selyodka, kartoshka va tuxumli salat

  • 2016-12-16 17:17:56
  • 0
  • 0
  • 3621

Masalliqlar

  • kartoshka - 300 gr
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - - ta'bga ko'ra
  • ko'kat - - ta'bga ko'ra
  • mayonez - - ta'bga ko'ra
  • seld balig‘i - 200 gr

Tayyorlash usuli

Selyodka va kartoshkali salat juda ham to‘yimli hisoblanadi. Quyida keltirilgan masalliqlardan 6-8 portsiya salat tayyorlasa bo‘ladi.

Birinchi navbatda kartoshkani tozalamasdan tayyor bo‘lgunga qadar qaynating. Keyin sovutib, tozalang.

Kartoshkani kubik shaklda to‘g‘rang.

Ko‘katlarni mayda qilib to‘g‘rang.


Selyodkani ham kubik shaklda to‘g‘rang.

Tuxumni ham kubik shaklda to‘g‘rang.

Selyodka, kartoshka tuxum, ko‘katlarni bitta idishga solib aralashtirib, tuzini rostlang.

Ta’bga ko‘ra salatga mayonez yoki o‘simlik yog‘i qo‘shishingiz mumkin.