Syomga(qizil) baliq pishirish

  • 2016-12-26 09:20:32
  • 0
  • 0
  • 995

Masalliqlar

  • sabzi - qizil-1 dona
  • piyoz - 1 dona
  • pomidor - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
  • suv - 500 gr
  • tuz - murch- bir chimdim
  • dolchin (koritsa) - 1 dona
  • baliq - 1 kg
  • ko`k piyoz - 2 dona
  • limon - ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli


Masalliqlar:
Syomga balig'i-1kg
mayda limon-4 dona (katta limon bo'lsa yarimta)
tuz
murch
o'simlik yog'i-2 osh qoshiq

Tayyorlash:

  • Baliqni 2 tomoniga limon, tuz, murch va yog' surtib, 20 daqiqa qoldiramiz.
  • 20 daqiqadan so'ng qizigan quruq tovada baliqni 2la tomonini qizarguncha pishirib olamiz (taxminan 3 daqiqadan 2la tomoni 6 daqiqada pishadi).
  • Dasturxonga garnir bilan tortiq etamiz.
  • Garnir uchun guruch:
  • Yarim kosa guruch
  • 2 osh qoshiq yog'
  • dolchin
  • 1 kosa suv
  • yarimta pomidor
  • 1 dona qizil sabzi
  • 1 dona piyoz
  • 2 dona ko'k piyoz
  • tuz, murch
  • Guruchga tuz, yog', dolchin, suv solib dimlab pishirib olamiz.
  • Tovaga ozgina yog' solib, piyoz va mayda kubik to'g'ralgan sabzini qovurib olamiz .
  • Dimlangan guruch, kubik to'g'ralgan pomidor va to'g'ralgan ko'k piyozni qo'shib bir aralashtirib olamiz.

Garnir tayyor. Xoxishga ko'ra yana kartoshka ham qovurish mumkin.