Qatlama somsa

  • 2017-01-03 12:09:36
  • 0
  • 0
  • 3572

Masalliqlar

  • piyoz - 5-6 dona
  • un - 1.5 kg
  • tuz - 1 osh qoshiq
  • zira - 1 choy qoshiq
  • margarin - 250 gr
  • mol go'shti qiymasi - 1 kg

Tayyorlash usuli

Somsa uchun tuzli suvda xamir qoriladi va 30 daqiqa tinish uchun qoldiriladi. Xamir yoyilladi va eritilgan margarinni xamirga surtib yoyiladi, so'ng esa xamir rulet shaklida o'raladi.


Rulet shaklida o'ralgan xamirni 30 daqiqa davomida tinish uchun qoldiriladi.
Somsa uchun qiyma tayyorlaymiz: 1 kg go'sht (yog'li qiyma), 5-6 dona piyoz, tuz, zira. Go'shtga mayin to'g'ralgan piyozni, tuz, zirani qo'shib yaxshilab aralashtiriladi. Keyin zaruriy o'lchamda bo'laklarga bo'lib chiqiladi.

Somsalarni kerakli shaklda tugib chiqiladi.

Somsalarni ustiga tuxumning sarig'ini surtiladi va sedana sepib chiqiladi. Somsa issiq duxovkada 240 gradus haroratda 20-30 daqiqa davomida pishiriladi. Yoqimli ishtaxa!