Shotlandcha tuxum

  • 2017-01-27 12:42:54
  • 0
  • 0
  • 10015

Masalliqlar

  • un - 3 osh qoshiq
  • tuxum - 4 dona
  • ukrop - 3 shox
  • tovuq go'shti qiyma - 250 gr
  • yanchilgan suxari - 150 gr

Tayyorlash usuli

Avvalambor tuxumni qaynating. Bu retsept uchun tuxum sarig‘i qattiq bo‘lishi kerak.

Idishda tovuq qiymasi bilan ziravorlar va ko‘katlarni solib aralashtiring (achchiq chili, ukrop, tuz va to‘yilgan qora murch). Endi un, non talqoni va yaxshi ko‘pirtirilgan tuxumdan iborat idishlarni tayyorlang.

Qo‘lingizga qiymani olib, kaftingizda tekislab chiqing. Bunda qo‘llar sal ho‘l bo‘lsa, qiyma qo‘lga yopishmaydi.

Qaynatilgan tuxumni oldin unga bulg‘ab, keyin qiyma orasiga soling va zuvala yasang.


Tayyor qiymali zuvalani 2 marta oldin non talqoni keyin tuxumga, oxirida non talqoniga bulg‘ab oling.

O‘rta olovda yog‘ni qizdiring va har bitta kotletalarni alohida qizg‘ish tusga kirgunga qadar qovuring.

Qovurilgan kotletalarni ortiqcha yog‘i singishi uchun qog‘ozli sochiqga qo‘ying. Agarda kotletalar pishganiga ikkilanayotgan bo‘lsangiz, ularni 5 daqiqaga duxovkaga qo‘yishingiz mumkin.