«Portobello» salati

  • 2017-02-13 12:50:21
  • 1
  • 0
  • 12790

Masalliqlar

  • pomidor - 100 gr
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
  • shampinion - 150 gr
  • mayonez - 2-3 osh qoshiq
  • salat bargi - 1 bog‘
  • o‘rtacha tuzlangan syomga - 150 gr
  • parmezan pishlog‘i - 100-150 gr

Tayyorlash usuli

Qo‘ziqorinni to‘g‘raymiz. Marinadlangan qo‘ziqorinni suvini to‘kib, mayda qilib to‘g‘rang. To‘g‘ralgan qo‘ziqorinlarni idishga soling.

Salat barglari va pomidorlarni sovuq suvda yaxshilab yuving. Keyin qog‘ozli sochiq yordamida yaxshilab quriting. Endi ko‘katlarni yirik qilib to‘g‘rang yoki qo‘lda bo‘laklarga ajrating va idishga soling.


Navbat pomidor va baliqni solishga yetdi. Pomidorlarni ham mayda qilib to‘g‘rab, qolgan masalliqlar ichiga soling.

Baliqni ham mayda qilib to‘g‘rab, idishga soling.

To‘g‘ralgan masalliqlarni yaxshilab aralashtiring va ta’bga ko‘ra, murch, tuz hamda mayonez soling. Yana bir marta salatni aralashtirib, 15 daqiqalardan so‘ng dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Maslahatlar:

Bu salatni nafaqat mayonez bilan balki smetana bilan ham aralashtirish mumkin.

Salat yanada mazali ta’mga ega bo‘lishi uchun unga maydalangan sarimsoqpiyoz bo‘lagini solishni tavsiya qilamiz.

Ushbu salatga o‘zingizga ma’qul hohlagan qo‘ziqorinlarni solishingiz mumkin.