Savoyardi

  • 2017-02-14 17:36:27
  • 0
  • 0
  • 5968

Masalliqlar

  • un - 150 gr
  • shakar - 150 gr
  • tuxum - 3 dona
  • shakar upasi - 100 gr

Tayyorlash usuli

Birinchi navbatda tuxum oqini ehtiyotkorlik bilan uning sarig‘idan ajrating.

Keyin chuqur idishga mikser yordamida yarimta shakar bilan tuxum oqini oppoq va qattiq bo‘lgunga qadar ko‘pirtiring.

Boshqa idishda qolgan shakar bilan tuxum sarig‘ini qo‘pirtiring.

Endi hammasini birlashtirib, elangan unni qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.

Duxovkani 200 gradus haroratgacha qizdirishga qo‘ying. Listga pergament qog‘ozni solib, konditer qopi yordamida uzunligi 14 sm va kengligi taxminan 2 sm bo‘lgan uzunchoq pechenyalarni chiqaring. Ustidan shakar upasini elakdan o‘tkazib seping. Qog‘oz ustiga tushgan ortiqcha shakarni tozalang. Aks holda tayyorlash davomida kuygan hid chiqadi. Listni duxovkaga 10 daqiqaga qo‘ying. Bu vaqtda duxovkani ochishga urinmang. 10 daqiqadan so‘ng duxovka haroratini 180 gradus haroratga pasaytiring va pechenyalarni yana 5 daqiqa davomida pishirib oling. Vaqt o‘tgandan keyin duxovkani o‘chirib, sovushga bir chetga olib qo‘ying.


Tayyor savoyardilarni ertalabki nonushtaga qahva bilan tanavvul qilishni tavsiya qilamiz. Yoqimli ishtaha!