Bananli keks

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 60 daq
  • Toifa: Desertlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 2687.18 ккал
  • 2017-06-22 07:06:51
  • 0
  • 0
  • 940

Masalliqlar

  • banan - 3 dona
  • un - 250 gr
  • shakar - 100 gr
  • tuxum - 2 dona
  • soda - 2 choy qoshiq
  • yong'oq - 3-4 dona
  • margarin - 100 gr

Tayyorlash usuli

  • Xona haroratida yumshagan margarin va shakarni mikser yordamida yaxshilab aralashtiramiz.
  • Tuxumni ham chaqib aralashtiramiz.
  • Alohida idishda bananni vilkada ezib olamiz va yuqoridagi massaga qo'shib aralashtiramiz.
  • Un va razrixritel qo'shamiz.
  • Xuddi kashadek massa hosil bo'ladi. Yong'oqni ham qo'shib aralashtiramiz.
  • Keks qolipini yog'lab massani quyamiz.
  • Qizigan duxovkada 30-40 daqiqada pishadi.
  • Issiqligida yuziga shakar upasi sepamiz.
  • Keks tayyor. Yoqimli ishtaha