Ramazan pidesi (turetskiy non)

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 180 daq
  • Toifa: Pishiriq
  • Taomning kaloriyaliligi: 3665.34 ккал
  • 2017-07-20 07:58:52
  • 0
  • 0
  • 5758

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 1 osh qoshiq
  • un - 4-5 stakan
  • shakar - 2 choy qoshiq
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • xamirturush - 2 osh qoshiq
  • sut - 2 stakan
  • kunjut - ta'bga ko'ra
  • qatiq - 1 osh qoshiq
  • tuxum sarig'i - 1 dona
  • muz bo‘laklari - sedana ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

Ramazan pidesi turklarning mashhur noni bo'lib, faqatgina ramazon oyida pishiriladi.

  • Sutga tuz va shakar solib yaxshilab aralashtiramiz.
  • Drojani ham qo'shib eriguncha aralashtiramiz.
  • Un solib xamir qoramiz.
  • Yumshoq, qo'lga yopishqoq xamir hosil bolgach, issiq joyga oshirish un qo'yamiz.
  • Oshgan xamirni mushtlab yana oshirishga qoyamiz. Yana oshgach yana mushtlaymiz.
  • Hammasi bo'lib 3martta oshiramiz.
  • 2ta zuvalaga ajratib olamiz.
  • Listga pergament qog'oz qo'yib, un sepib xamirni qo'yamiz.
  • Qo'limiz bn yoyib olamiz.
  • Keyin barmoqlarimiz bn non yuziga shakl beramiz.

  • Ustini yopib yana yarim soatga qoldiramiz.
  • Oshgandan so'ng yuziga bergan shaklimiz ustidan yana iz berib chiqamiz. Yuziga surtish uchun:
  • tuxum+qatiq+yog'ni yaxshilab aralashtirib non yuziga suramiz.
  • Kunjut va sedana sepamiz.

Qizigan duxovkada 170 gradusda 20-25 daqiqa pishirib olamiz.

Bu masalliqdan 2ta pide chiqadi. Man 2-zuvaladan buxanka non pishirdim.