Tuzlangan bodring

  • 2017-09-13 15:14:52
  • 0
  • 0
  • 8696

Masalliqlar

  • bodring - 500 gr
  • tuz - 20 gr
  • achchiq qalampir - 1 dona
  • sarimsoqpiyoz donasi - 3-4 dona
  • soya sousi - 20 gr
  • guruchli uksus - 20 gr
  • sedana yog‘i - 1 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Bodringlarni ikkiga bo‘lib, o‘rtasidagi tuxumlarini qoshiqcha yordamida olib tashlang. Yaxshisi uzunligi 13-16 sm bo‘lgan kichkina bodringlarni xarid qiling.

Keyin yarimta bodringlarni ustidan pichoq yoki juva bilan qarsilaguncha bosing (bu muhim).


Endi har bir bo‘laklarni 1 sm kenglikda diagonal bo‘yicha kesing.

Kesilgan bodringlarni idishga guruchli uksus bilan solib, tuzini rostlang. Ko‘p tuz ishlatishdan qo‘rqmang. Ortiqchasi idish tagida qoladi. Hammasini yaxshilab aralashtiring va 10-20 daqiqaga chetga olib qo‘ying. Har zamonda aralashtirib turish esingizdan chiqmasin.


Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng bodringlarni siqib, boshqa idishga oling.


Garmdori va sarimsoqpiyozni mayda qilib to‘g‘rang.


Hammasini aralashtirib, soya sousi va sedana yog‘ini soling. Va yana bir marta aralashtirib, dasturxonga tortiq qiling.

Bodringlar juda mazali va qarsildoq bo‘lib chiqadi. Sarimsoqpiyoz va garmdori bodringlarga achchiq lazzat beradi.