Fokachcha

  • 2017-09-21 12:43:10
  • 0
  • 0
  • 5260

Masalliqlar

  • kartoshka - 150 gr
  • un - 250 gr
  • shakar - 2 choy qoshiq
  • suv - 200+300 ml
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • xamirturush - 3 gr
  • zaytun yog'i - 2 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Kartoshkani xohlagan shaklda to‘g‘rang. Idishga soling va suv quyib, baland olovda pishiring. Suv qaynab chiqqanidan so‘ng 10-15 daqiqa qaynasin. Keyin suvini to‘kib yuboring (ozgina qismini har ehtmolga qarshi olib qo‘ying).

Endi pishgan kartoshkani blender yordamida maydalang. Asta-sakin kartlshka suvini krem holatiga qelgunga qadar solib aralashtiring.

Pyureni sovushi uchun chetga olib qo‘ying.

Ungacha xamir tayyorlang. Idishga xamirturush, tuz, shakar va ILIQ suvni soling. Suv haddan ziyod issiq ham sovuq ham bo‘lishi kerak emas. Hammasini aralashtirib, un solib, o‘rta qattiqlikdagi xamir qoring.


Endi xamirga sovugan kartoshkali pyureni soling va yana bir marta hammasini aralashtiring. Xamir ustini sochiq bilan yopib, xamir oshishi uchun taxminan 1 soatga iliq joyga qo‘ying.

Xamir tayyor bo‘lgandan so‘ng yog‘ surtilgan va un sepilgan duxovka listiga xamirni yoyib chiqing. Ustidan zaytun yog‘i seping ( agar zaytun yog‘i bo‘lmasa, oddiy yog‘ ham bo‘ladi). Barmoqlaringiz yordamida bir nechta joylarini chuqur qiling. Xamirni duxovkaga solishdan oldin yana 10-15 daqiqaga qo‘ying. Ungacha duxovka ham 220Sgacha qizib turadi.


Xamirni 15-20 daqiqa davomida usti qizg‘ish tusga qirgunga qadar pishadi.

Tayyo fokachche ozgina sovuganidan so‘ng kesib, dasturxonga tortiq qiling.