Olmalik kurabiye(pechenye)

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 40 daq
  • Toifa: Pishiriq
  • Taomning kaloriyaliligi: 4421.2 ккал
  • 2018-01-29 08:30:23
  • 0
  • 0
  • 6258

Masalliqlar

  • un - 3-3,5 stakan
  • shakar - 0,5 stakan
  • tuxum - 4 dona
  • soda - 0,5 choy qoshiq
  • olma - 3 dona
  • margarin - 200 gr

Tayyorlash usuli

  • Tuxum va shakarni mikserda oq rangga bo'lgucha ko'pirtiramiz.
  • Margarinni tovaga solib gazda eritamiz va biroz sovitamiz.
  • So'ng tuxumli massaga qo'shib qoshiqda aralashtiramiz.
  • Un,razrixlitelni ham qo'shamiz. Bo'tqasimon massa hosil bo'ladi.
  • Olmalarni archib,mayda kubik shaklda to'g'raymiz va yuqoridagi massaga qo'shib aralashtiramiz.
    • Gaz listiga pergament qogoz yoki un sepib,massani 1qoshiqdan solib chiqamiz.
    • 180 gradusda qizib turgan duxovkaga 15daqiqaga qo'yamiz.
    • Pechenyemiz tayyor!
    • Xoxishga ko'ra pechenye sovugach yuziga saxarniy pudra sepishingiz mumkin.