Duxovkada kolbasali makaron

  • 2015-11-18 13:04:13
  • 0
  • 0
  • 7206

Masalliqlar

  • tuxum - 3 dona
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • sut - 1 stakan
  • kashnich - 0.5 bog‘
  • pishloq - 400 gr
  • zaytun yog'i - 6 osh qoshiq
  • dudlangan kolbasa - 200 gr
  • makaron - 300 gr

Tayyorlash usuli

1. Makaronni 15-20 daqiqa suvda pishirgandan keyin suzing va 1 qoshiq salat yog'i kezdiring (yopishmasligi uchun)
2. Bir idishda sut, tuxum, petrushka, yog', to'g'ralgan kolbasa, pishloqni aralashtiring.
3. Qorishmani makaron bilan biroz aralashtiring.
4. Duxovka idishingizni yog'lab, qorishmani soling.
5. Ustiga pishloqni seping.
6. Oldindan isitilgan duxovkada makaronni usti qizarguncha pishiring. Men 200 darajada 45 daqiqa pishirdim.