Chilonzorcha dimlama

  • 2017-11-07 15:10:39
  • 1
  • 1
  • 3904

Masalliqlar

  • qo'y go'shti - 1.5 kg
  • kartoshka - 500 gr
  • baqlajon - 500 gr
  • pomidor - 300 gr
  • kungaboqar yog'i - 150 gr
  • dumba yog‘ - 100 gr
  • zira - 10 gr
  • tuyilgan qora murch - 5 gr
  • gul karam - 400 gr
  • karam - 700 gr
  • qizil bulg'or qalampir - 500 gr

Tayyorlash usuli

Kuzgi .... Chilonzorcha ... dimlama

Dimlama yanada mazali bo‘lishi uchun ...

— go‘shtni yaxshilab qovuring.

— lavlagi qo‘shing.

— yarim soatga suvga solingan sholg‘omni soling.

— sarimsoqpiyozni ham soling.

— ustidan dumba yog‘ini kesib terib chiqing.

— bug‘i chiqib ketmasligi uchun karam barglarini terib chiqing.

— va bemalol boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘ling.


Qozonga ozgina yog‘ solib, go‘shtni baland olovda qovuring. Ustiga lavlagi va piyozni, keyin esa sabzi va sholg‘omni soling. So‘ng baqlajon, bulg‘or qalampiri, karam, pomidor va dumba yog‘ini terib chiqing. Har bir qavatini alohida oz-ozdan tuzlang va ziravorlar seping.


Oxirida yarim stakan suv solib, ustini karam barglari va qopqoq yordamida 1,5 yoki 2 soatga dimlashga qo‘ying.



Izoh

  • judayam ciroyli ciqibdi. Bu yiyiwdan bowqa narsaga yaramidi

    yozilgan 22:41 16.01.2018