Qatlama somsa

  • 2015-11-30 15:05:27
  • 0
  • 2
  • 24873

Masalliqlar

  • mol go'shti - 500 gr
  • piyoz - 300 gr
  • un - 1 kg
  • dumba yog‘ - 150 gr
  • suv - 1 stakan
  • tuz - 2 choy qoshiq
  • soda - 1 choy qoshiq
  • sirka - 1 choy qoshiq
  • margarin - 250 gr
  • qatiq - 100 gr

Tayyorlash usuli

Qatiq ichiga sirkada so‘ndirilgan soda solinib, aralashtiriladi va tuz solingan suvga solib, aralashtiriladi. Ketidan un sepilib, o‘rtacha qattiqlikda xamir qoriladi. Tayyor xamir 30 daqiqa tindiriladi. So‘ngra yupqa yoyilib, eritilgan margarin surtiladi.

Xamir zich o‘ralib, sellofanga yopiladi va 1 sutka muzlatgichda saqlanadi.

Go‘sht, piyoz va charvi mayda to‘g‘ralib, ta'bga ko‘ra tuz sepiladi va aralashtiriladi.


Xamir muzlatgichdan olinib, eritiladi va mayda zuvalachalarga kesilib, juvada yoyiladi. Yoyilgan zuvalachalar markaziga qiyma solinadi. Somsa yumaloq shaklda tugilib, to‘rttasi birlashtiriladi.

Listga terib chiqilgach, ustidan tuxum surtilib, kunjut urug‘i sepiladi. somsalar 220 darajagacha qizdirilgan gaz pechiga solinib, 10 daqiqadan so‘ng olov darajasi 180 darajagacha pasaytiriladi va yana 25 daqiqa pishiriladi. Pishgan somsalar gaz pechidan olinib, ustiga ozgina sovuq suv sachratib yuboriladi. Shunda somsalaringiz yaltiroq tusga kirib, yanada ishtahaochar ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yoqimli ishtaha!



Izoh