Qovurdoq

  • 2015-11-30 16:02:36
  • 0
  • 0
  • 12867

Masalliqlar

  • qo'y go'shti - 1 kg
  • dumba yog‘ - 500 gr
  • tuz - 1 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Yangi so'yilgan qo'y, echki, buzoq, mol yoki kiyik, tog' echkisi kabi hayvonlarning go'shtini londa-londa qilib (har biri 50-60gr keladigan qilib) suyagi bilan qo'shib bo'lib chiqasiz va yaxshilab tuzlab olib qo'yasiz.
To'g'ralgan dumba yog'ini eritib jizzasini olganingizdan keyin go'shtni shu yog'da yaxshilab, qizartirib qovurasiz.
So'ngra sovutib, sirlangan xum yoki biror bir idishga solib, ustidan qozondagi yog'ni xovri chiqqach quyib yuborasiz.
Idishni jipslab yopib olib qo'yasiz.
Shu usulda tayyorlangan go'sht yozning issiq kunlarida ham bir necha oy aynimay turaveradi.
Qovurdoq suyuq va quyuq ovqatlarga solib yoki salаt va sabzavotlar bilan birga yaxna ovqat sifatida iste'mol qilinadi.