Chixanbili

  • 2016-08-31 05:19:10
  • 0
  • 0
  • 11971

Masalliqlar

  • sabzi - 1 dona
  • piyoz - 1 dona
  • pomidor - 3 dona
  • kungaboqar yog'i - ta'bga ko'ra
  • bulg'or qalampir - 1 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • zira - ta'bga ko'ra
  • sarimsoqpiyoz donasi - 2 dona
  • tovuq soni - 2 dona
  • soya sousi - 1 choy qoshiq

Tayyorlash usuli

  • Tovuq oyoqlarini o'rtacha kattalikda kesib olamiz.
  • So'ng marinovka qilamiz: tuz, zira, murch, chesnok, soya susi bilan yaxshilab aralashtiramiz. 20 daqiqaga olib qo'yamiz
  • 20 daqiqadan keyin tovaga 1 cho'mich yog' solib tovuqni qizarguncha qovuramiz.
  • Piyozni qo'shamiz va o'lguncha qovuramiz.
  • Kubik to'g'ralgan qizil sabzi, bulg'or qalampiri, pomidorni ketma - ket solib qovurishda davom etamiz.
  • 1 piyola suv, tuz solib ustini yopib past olovda 30 daqiqa dimlab pishiramiz.

Taom tayyor. Xoxishga ko'ra guruch bilan yoki non botirib yeyish mumkin.