Makkajo‘xori va qo‘ziqorinli salat

  • 2016-09-26 11:58:50
  • 1
  • 0
  • 13886

Masalliqlar

  • sabzi - 150 gr
  • piyoz - 100 gr
  • kungaboqar yog'i - 1 ta'bga ko'ra
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • tovuq filesi - 300 gr
  • qo'ziqorin - 300 gr
  • mayonez - 1 ta'bga ko'ra
  • jo'xori - 1 dona

Tayyorlash usuli

To‘yimli va bayramona salat. Tovuq filesi o‘rniga kurka yoki mol go‘shtini ishlatsangiz bo‘ladi.

Keltirilgan masalliqdan 5-6 portsiya chiqadi.

Fileni tayyor bo‘lguncha qaynating (taxminan qaynab chiqqanidan so‘ng 20 daqiqa qaynatish kerak). Keyin sovutib, mayda bo‘laklarga bo‘ling.



Piyozni ham maydalab to‘g‘rang. Sabzini qirg‘ichdan chiqaring.

Qo‘ziqorinlarni tozalab, kubik shaklida to‘g‘rang. O‘simlik yog‘da piyozni qovuring.


So‘ng sabzini qo‘shing va nomiga qovuring. Endi qo‘ziqorinlarni solib, barcha suyuqlik chiqib ketmaguncha qovuring (taxminan 10 daqiqa). Qovurgandan so‘ng sovuting .

Tuxumni ham qirg‘ichdan chiqaring. Qo‘ziqorinni piyoz, sabzi, tuxum, tovuq filesi, konservalangan makkajo‘xori va tuz bilan aralashtiring.

Endi mayonez bilan aralashtiring.

Manba