Qo‘ziqorinli julen

  • 2016-10-03 17:15:49
  • 0
  • 0
  • 8333

Masalliqlar

  • piyoz - 100 gr
  • sariyog' - 100 gr
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
  • smetana - 200 gr
  • pishloq - 100 gr
  • shampinion - 300 gr

Tayyorlash usuli

Piyozni tozalang va yupqa yarim halqa shaklida to‘g‘rang.

Qo‘ziqorinlarni ham uzunchoq qilib to‘g‘rang.

Piyozni o‘simlik yog‘ida qovuring.


Keyin unga qo‘ziqorinlarni qo‘shib, aralashtiring va 15-20 daqiqa, suyuqligi bug‘lanib chiqmaguncha qovurishda davom eting.

Endi ta’bga ko‘ra, tuz va murch qo‘shib, smetana soling. So‘ng hammasini aralashtirib, past olovda 5 daqiqaga dimlab qo‘ying.

Pishloqni yirik qirg‘ichdan chiqaring.

Qo‘ziqorinlarni maxsus duxovka uchun mo‘ljallangan idishlarga soling.

Ustiga pishloq seping. 180 gradus haroratgacha qizdirilgan duxovkaga 15-20 daqiqaga qo‘ying.

Qo‘ziqorinli julenni qaynatilgan kartoshka, makaron yoki guruch bilan dasturxonga tortiq qilishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Manba


Teglar: duxovka zapekanka