Zefir tayyorlash

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 60 daq
  • Toifa: Desertlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 1389.8 ккал
  • 2016-11-17 08:54:30
  • 0
  • 0
  • 7209

Masalliqlar

  • shakar - 300 gr
  • suv - 100 gr
  • olma - 3 dona
  • jelatin - 5 gr

Tayyorlash usuli

  • Olmalarni ortasidan bo'lib, tozalab gaz duxovkasida 20 daqiqa pishirib olamiz
  • So'ng yumshagan olmani ezib elakdan o'tkazib,100 gr shakar qo'shib gazga qo'yamiz.
  • Shakar eriguncha aralashtiramiz va sovutamiz
  • Sovugan olma pyurega tuxum oqini qo'shib mikserda ko'pirtamiz (5 daqiqa). Xuddi kremdek oppoq massa hosil bo'ladi
  • Boshqa idishda suv, 200 gr shakar va jele solib qaynatamiz. Qaynab chiqqach tinmay aralashtiramiz (5 daqiqa)
  • Qiyom holiga kelgach gazni o'chiramiz (juda ehtiyot bo'lish kerak,agar kamroq qaynasa zefir qotmaydi,ko'proq qaynab ketsa massa qotib qoladi).
  • Va issiqligida yuqoridagi olma va tuxumli massamizga qo'shib mikserda aralashtirishda davom etamiz (3-4 daqiqa)
  • Tayyor bo'lgan zefirni kulinar shprits yoki krem bezash maxsus qopchaga solib, pargament qog'oz solingan patnisga quyib chiqamiz
  • 7-8 soat turgach zefir tayyor. Xoxishga qarab shakar upasi sepishingiz mumkin