Pishloqli somsa

  • 2016-11-17 15:51:03
  • 1
  • 0
  • 8746

Masalliqlar

  • sut - 1 osh qoshiq
  • pishloq - 150 gr
  • qatlama xamir - 200 gr

Tayyorlash usuli

Tayyor qatlama xamirni muzlatgichdan olib, eriting va yupqa qilib yoying (2-3 mm). Xamir bitta yo‘nalish bo‘yicha yoyilishi kerak.

12 x 6 sm to‘rtburchak shaklida kesing. Pishloqni qalinligi 5 mm, hajmi 4-5 sm shaklida to‘rtburchak qilib kesing.

To‘rtburchak shaklda kesilgan xamir ustiga pishloq bo‘lagini terib chiqing. So‘ng xamirni ikkiga buklab, chetlarini vilka yordamida bosib chiqing.

Somsalarni listga joylab, ustiga sut surib chiqing.

Ustiga kunjut seping. 200 gradus haroratgacha qizdirilgan duxovkaga usti qizarguncha, taxminan 20-25 daqiqa davomida pishiring.

Pishloqli somsalarni ham issiq ham sovuq holda tanovvul qilishingiz mumkin.