Tovuqli salat

  • 2016-12-09 15:59:08
  • 1
  • 0
  • 19561

Masalliqlar

  • piyoz - 200 gr
  • tuxum - 7 dona
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • tovuq filesi - 500 gr
  • mayonez - 1 ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

Tuxumli blinchiklar salatga ajoyib, yoqimli ta’m beradi.

Qaynatilgan tovuq filesi o‘rniga dudlangan tovuq go‘shtidan foydalansa ham bo‘ladi.

Bundan tashqari, salat yengil bo‘lishi uchun unga bodring qo‘shish ham mumkin.

Ko‘rsatilgan masalliqlar miqdoridan 6-8 portsiya salat chiqadi.

Birinchi bo‘lib, tovuq filesi tayyor bo‘lgunicha suvda qaynating (qaynab chiqqanidan so‘ng taxminan 20 daqiqa).

Go‘sht sovugandan keyin uni mayda qilib to‘g‘rang.

Piyozni ham maydalab to‘g‘rang.


Endi piyozni qaynagan suvga 10 daqiqaga solib qo‘ying, keyin suvni to‘kib, piyozni sovuq suvda chaying.

Har bir tuxumni alohida chaqib, ko‘pirtiring va tuzini rostlang. Qizdirilgan tovaga ozgina yoz solib, har ikkala tomoni qizarguncha qovurib oling.

Blinchiklarni sovutib, uzunchoq shaklda kesing.

File, piyoz, tuxumli blinchikni hammasini bitta idishga solib, ozgina tuz va mayonez soling.

Энди тайёр салатни идишларга солиб, кўкатлар билан безаган ҳолда дастурхонга тортиқ қилишингиз мумкин.

Yoqimli ishtaha!


Teglar: tovuq oson