Tomatli sousda teftellar

  • 2017-01-26 18:06:23
  • 0
  • 0
  • 9656

Masalliqlar

  • piyoz - 1 dona
  • tuxum - 1 dona
  • tuyilgan qora murch - 1 choy qoshiq
  • tomat pastasi - 300 gr
  • sarimsoqpiyoz donasi - 4 dona
  • mol go'shti qiymasi - 500 gr
  • yanchilgan suxari - 50 gr
  • muskatli yong'oq - 1/2 choy qoshiq

Tayyorlash usuli

Birinchi navbatda tomatli sousni tayyorlashdan boshlaymiz. Baland olovda bir qoshiq zaytun yog‘ini qizdiramiz va sarimsoqpiyoz bo‘laklari bilan achchiq garmdorini sarimsoqpiyoz hidi chiqquncha taxminan 2 daqiqa qovuramiz.

Endi quyuq bo‘lgan tomat sousini solamiz (300 gr.), pomidor bo‘laklari bilan bo‘lsa ham bo‘ladi. Sousni quyuq bo‘lgunga qadar qaynatamiz.

Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda qilib to‘g‘rab, baland olovda piyoz yumshaguncha yaxshilab qovuramiz.


Idishga farsh solib, unga mayda to‘g‘ralgan petrushka va muskat yong‘og‘ini solamiz.

Keyin maydalangan non talqoni va tuxumni solamiz.


Va nihoyat navbat qovurilgan piyoz va sarimsoqpiyozga yetdi. Ularni ham solamiz.

Hammasini aralashtirib, yong‘oq shaklida zuvalachalarni yasaymiz. Ularni idishga terib, ustini ozq-ovqat plyonkasi bilan yopib, yarim soatga muzlatgichga qo‘yamiz. Agarda vaqtingiz tig‘iz bo‘lsa, muzlatgichga qo‘ymasangiz ham bo‘ladi.


Muzlatgichdan olib, ularni zaytun yog‘ida baland olovda qovuramiz. Tovaga haddan ortiq teftellarni solishni tavsiya qilmaymiz. Ular orasida joy qolishi kerak. Agarda ularni hammasini birdaniga solsangiz, ular qovurilishni o‘rniga dimlanadi. Shunga navbatma-navbat solishga harakat qiling. Teftellar 10 daqiqadan qovurilishi kerak.


Hamma teftellar tayyor bo‘lgandan keyin ularni tovaga solib, ustidan sousni solamiz. Sous teftellarga singishi uchun ozgina qovurib olamiz.

Bo‘ldi, endi issiq teftellarni garnir bilan yoki faqat o‘zini dasturxonga sortiq qilsa ham bo‘ladi.