Tvorog va mayizli toblama

  • 2017-04-14 12:22:58
  • 0
  • 0
  • 7048

Masalliqlar

  • shakar - 2-3 osh qoshiq
  • tuxum - 3 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • tvorog - 500 gr
  • smetana - 2-3 osh qoshiq
  • manniy yormasi - 2-3 osh qoshiq
  • mayiz - 100 gr

Tayyorlash usuli

Duxovkada tvorogli toblamani tayyorlash uchun tvorog bilan tuxumni bir xil massa hosil bo‘lgunga qadar aralashtiring. So‘ng tuz, shakar, suvda ivitilgan mayiz, smetana solib aralashtiring. Keyin bug‘doy yormasini solib, yana bir marta yaxshilab aralashtiring.

Maxsus idishni sariyog‘ bilan surib chiqib, ozgina un seping. Xamirni idishga bir tekisda solib, ustiga smetana suring va o‘simlik yog‘i seping. Shu holda 10 daqiqaga tindirishga qo‘ying. Keyin 180 gradus haroratda qizdirilgan duxovkaga 40 daqiqa davomida pishiring.


Teglar: oila uchun