Murabboli pirog

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 120 daq
  • Toifa: Desertlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 4564.6 ккал
  • 2017-06-23 07:09:30
  • 0
  • 0
  • 7177

Masalliqlar

  • un - 480 gr
  • shakar - 200 gr
  • tuxum - 2 dona
  • soda - 1 choy qoshiq
  • margarin - 200 gr
  • murabbo - 200 gr

Tayyorlash usuli

  • Xona xaroratida yumshagan margarin va shakarni mikserda yaxshilab aralashtiramiz.
  • Tuxum qo'shib yana 5-10daqiqa aralashtiramiz.
  • Soda va elangan un qo'shamiz.
  • Yumshoq xamir hosil bo'ladi.
  • 2 ta zuvalachaga ajratib 1tasini marazilnikka 1soatga olib qo'yamiz.
  • Qolipni yog'lab 1-xamirni yoyamiz va ustiga murabbo solamiz.
  • Keyin muzlagan 2-xamirni murabbo yuziga qirg'ichdan chiqaramiz.
  • Qizigan duxovkada 20-25 daqiqa pishirib olamiz.
  • Xoxishga ko'ra tayyor pirog yuziga shakar upasi sepish mumkin.