Qo‘ziqorinli omlet

  • 2017-07-04 14:46:31
  • 0
  • 0
  • 5777

Masalliqlar

  • piyoz - 1 dona
  • un - 2 osh qoshiq
  • sariyog' - 3 osh qoshiq
  • tuxum - 6 dona
  • tuz - 1 bir chimdim
  • sut - 2 osh qoshiq
  • shampinion - 200 gr
  • xushbo‘y murch - 1 bir chimdim

Tayyorlash usuli

Bu retsept bo‘yicha omlet tayyorlash uchun qo‘ziqorinlarni tozalang va piyoz bilan yog‘da qovuring. Tuxumlarni ko‘pirtirib, sut, un, tuz va murch qo‘shing. Omletni qovurib, ustiga qo‘ziqorin bilan piyozni soling va ikkiga buking. So‘ng har ikkala tomonini qovuring.