Pirog somsa

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 60 daq
  • Toifa: Pishiriq
  • Taomning kaloriyaliligi: 3798.55 ккал
  • 2017-07-14 07:48:59
  • 0
  • 0
  • 5305

Masalliqlar

  • kartoshka - 2-3 dona
  • piyoz - 1 dona
  • un - 3-4 stakan
  • tuxum - 1 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • soda - 0,5 choy qoshiq
  • zira - bir chimdim
  • margarin - 100 gr
  • qatiq - 1 stakan
  • mol go'shti qiymasi - 200 gr

Tayyorlash usuli

  • Qatiqqa soda+tuz solib 10 daqiga olib qo'yamiz
  • Elangan un o'rtasini ochib qatiq, tuxum, eritilgan margarin solib yumshoq xamir qoramiz.
  • Xamirni 2bo'lakka bo'lib, yarim soatga o'rab qo'yamiz.
  • 1-xamirni listga yoyib ustiga qiymali masalliqni solamiz.
  • 2-xamirni yoyib ustiga yopamiz.
  • Yuziga qatiq yoki tuxum sarig'i surtib, kunjut sepamiz.
  • 200 gradusli pechda 35 daqiqa pishirib olamiz.

Qiymasi:

  • Kartoshkani mayda somoncha to'graymiz.
  • Qiyma va to'g'ralgan piyoz,zira, tuz qo'shib aralashtiramiz.



Pirogli somsamiz tayyor.