Lavlagi sho‘rva

  • 2017-07-21 17:34:06
  • 0
  • 0
  • 6539

Masalliqlar

  • kartoshka - 300 gr
  • sabzi - 3 dona
  • piyoz - 1 dona
  • lavlagi - 600 gr
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
  • zaytun yog'i - 100 gr

Tayyorlash usuli

Sabzavotlarni xohishingizga qarab to‘g‘rang. Muhimi ularning hajmi 1 sm dan oshmasligi kerak.

Lavlagi (600 gr.), kartoshkani (30 gr.) uzunchoq va sabzini (3 dona) yarim halqa shaklda to‘g‘rang. Piyozni yaxshisi qizilini ishlatganingiz ma’qul. Piyoz va ko‘katlarni (1 bog‘) mayda qilib to‘g‘rang.

Agar erinsangiz, lavlagi va sabzini yirik qirg‘ichdan o‘tkazishingiz mumkin.

Katta idishga 100 gr. zaytun yog‘ini qizdiring va piyoz qizg‘ish tusga kirgunga qadar qovuring. Keyin kartoshka va lavlagini qo‘shib, 5 daqiqa davomida qovuring.

Undan keyin sabzini solib, yana 2 daqiqa atrofida qovurib, 3 ta sarimsoqpiyoz donalarini maydalab soling.


Sabzavotlarni yana ozgina qovuring va tovuq (sabzavotli) sho‘rvasini (500 gr) qo‘shing. Qaynash jarayonida xohishga ko‘ra yana suv qo‘shing.

Sho‘rvani o‘rta olovda kartoshka va lavlagi yumshaguncha qaynating. So‘ng to‘g‘ralgan ukropning 2/3 qisimini sho‘rvaga soling va aralashtiring. Endi 20 daqiqa tinishga olib qo‘ying.

Sho‘rvani issiq yoki sovuq holda ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Sho‘rvaga ozgina ukrop va smetana solgan holda dasturxonga tortiq qiling.