Ice tea (Sovuq choy)

  • Muallif: Pazandaxon
  • Tayyorlash vaqti: 30 daq
  • Toifa: Ichimliklar
  • Taomning kaloriyaliligi: 1466.5 ккал
  • 2017-08-01 08:34:07
  • 0
  • 0
  • 3922

Masalliqlar

  • shakar - 0,5 stakan
  • suv - 2 litr
  • yalpiz - ta'bga ko'ra
  • olma - 1 dona
  • turshak - 5-6 dona
  • limon - 0,5 dona
  • choy (qora) - paketchasi-1 dona

Tayyorlash usuli

  • Tog'orachaga olmani po'stini archmay to'grab solamiz. Xoxishga qarab o'rik, shaftoli, mandarin, apelsin, qulupnaydan qilish mumkin.
  • Ustidan limon suvini ezib, shakar, o'rik qoqi qo'shamiz.
  • Tog'oracha ustiga suzgich qo'yib yalpiz, qora choy, limon po'stini qirg'ichdan chiqaramiz.
  • Ustidan qaynagan suv quyamiz.
  • Qopqoq yopib 20daqiqa dimlab qo'yamiz.
  • Sal sovugach idishga solib muzlatgichga qoyamiz.