Sarimsoqpiyoz va ko‘katli kam tuzlangan pomidorlar

  • 2017-09-04 14:38:49
  • 2
  • 0
  • 2670

Masalliqlar

  • pomidor - 10 dona
  • sarimsoqpiyoz - 6-7 bo‘lak
  • shakar - 1 osh qoshiq
  • suv - 1 litr
  • ko'kat - 1 bog‘

Tayyorlash usuli

Sarimsoqpiyoz va ko‘katlar — kam tuzlangan pomidorlarga eng yaxshi qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. Keling ushbu mazali qishki gazakni tayyorlash jarayoni bilan tanishtirib o‘tamiz.

Birinchi bo‘lib, ko‘katlar va sarimsoqpiyozni maydalab to‘g‘rang va aralashtiring.

Pomidorlarni yuvib quriting. Har birini ikkala tomonidan krest shaklida kesib chiqing. Keyin ko‘kat va sarimsoqli nachinkani soling.

Tomatlarni idishga soling.

Suvda tuz va shakarni aralashtiring va pomidorlar ustidan quying. So‘ng pomidorlarni ustini tarelka bilan yoping va ustiga esa suv quyilgan bonkani qo‘ying. Shu tarzda 1,5 kun davomida uy harorati sharoitida va bir necha kunga muzlatgichga qo‘ying.



Teglar: oson yoqimli