Tvorog va qovoqli pirog

  • 2017-10-12 17:54:53
  • 2
  • 0
  • 4572

Masalliqlar

  • shakar - 200 gr
  • tuxum - 5 dona
  • qovoq - 800 gr
  • smetana - 100 gr
  • кraxmal - 2 osh qoshiq
  • tvorog - 500 gr
  • ko'knor urug'i - 25 gr

Tayyorlash usuli

Birinchi navbatda qovoqni tozalab, uni duxovkaga yumshoq bo‘lishi uchun soling. Duxovkada pishirib olingan qovoqning 100 g. ni pirog ustiga quyiladigan aralashma uchun olib qo‘ying. Qolgan qismini esa go‘shtqiymalagichdan (myasorubka) chiqaring yoki blender yordamida pyure holatiga keltiring. So‘ng qovoqni suvidan ajratish uchun bir necha qavat qilib buklangan dokadan siqib o‘tkazing. Endi qovoqga 70 g shakar, apelsin yoki limon qirindisi (tsedra), 2 ta tuxum, 1 osh qoshiq kraxmalni solib yaxshilab aralashtiring.

Ko‘knor (mak)ni o‘rta olovda 15 daqiqa ichida qaynating. Keyin esa suvini to‘kib, quritishga olib qo‘ying.

Blenderda tvorog va 100 g shakarni bir xil massa hosil bo‘lguniga qadar aralashtiring. So‘ng 2 ta tuxum, 1 osh qoshiq kraxmal va ko‘knor (mak)ni qo‘shing.

Idishga pishiriqlar uchun mo‘ljallangan qog‘ozni soling. Idish chetlariga sariyog‘ suring va ozgina un seping. Endi navbat bilan 1 qoshiqdan qovoqli va tvorogli massani idishga soling.

Massa idishga bir tekisda taqsimlanishi uchun uni stolga bir necha marotaba uring.

Pirog chiroyli chiqishi uchun xamirni taxtali cho‘p yordamida idish chetidan markazga qarab keltiring. Pirogni 40 daqiqa davomida 170 gradus haroratga qadar qizdirilgan duxovkada pishiring.

Ungacha pirogning ustidagi aralashmani tayyorlang: smetana, 30 g shakar, 1 dona tuxum va 100 g olib qo‘yilgan qovoqli pyureni aralashtiring. Pirogni ustiga ushbu suyuq aralashmani solib yana 10 daqiqaga duxovkaga soling.

Tayyor bo‘lgan pirogni ozgina sovutib, dasturxonga tortiq qiling. Yoqimli ishtaha!