Go‘shtli rulet

  • 2017-12-18 16:46:20
  • 0
  • 0
  • 12574

Masalliqlar

  • mol go'shti - 1 kg
  • piyoz - 1 dona
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
  • tomat pastasi - 400 ml
  • pishloq - 200 gr
  • sarimsoqpiyoz donasi - 2 dona
  • nami qochgan non - 3 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Piyozni halqa qilib kesing va sarimsoqpiyozni mayda qirg‘ichdan o‘tkazing.


Katta bo‘lmagan idishda sarimsoqpiyoz, urvoq, rayhon, oregano, petrushka va tuz soling. Keyin tuxum, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni solib hammasini aralashtiring.

Taxta ustiga go‘shtni yoyib, tolalari bo‘ylab kesing. Faqat oxirigacha kesib yubormang. Go‘sht qalinligi 1 santimetrdan qalin bo‘lmasligi lozim. Endi tuz va murch seping.

Nachinkani go‘sht ustiga bir tekis qilib suring va bir chetidan 2 sm bo‘sh joy qoldiring.

Go‘shtni ehtiyotkorlik bilan rulet shaklida o‘rang.

So‘ng go‘shtli ruletni ip yordamida yaxshilab bog‘lang.

Tovaga piyozni terib chiqib, ustidan go‘shtli ruletni qo‘ying (choki pastda bo‘lsin) va ustidan tomat sharbati quying. Tovani ustini folga bilan yoping va 180 gradus qizdirilgan duxovkaga 2 soatga qo‘ying.

Go‘shtli ruletning usti qizhish tusga kirishi uchun oxirida folgani ustini 20 daqiqaga ochib qo‘ying.

Teglar: duxovka