Bo‘g‘irsoq
- Muallif: Ashurova Baxora Muminovna
- Tayyorlash vaqti: 80 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 4200 ккал
- 2015-09-18 16:49:03
- 0
- 0
- 30602
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 500 ml
- un - 500 gr
- shakar - 1/4 stakan
- sariyog' - 75 gr
- tuxum - 1 dona
- sut - 200 ml
Tayyorlash usuli
1. Avvaliga xamir qorib olib, paketga o‘rab 30-40 minutga tindirib qo‘yasiz.
2. Xamirni xasipga o‘xshatib bo‘lib oling va yong‘oq shakli kattaligida bo‘lakchalar kesing.
3. Xamir bo‘lakchalarini g‘alvirga yoki chovliga qo‘yib bosh barmoq yoki kaft bilan sal bosib aylantirib, shakl bering.
4. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida har tomonidan past olovda pishirib oling.
5. Tayyor bo‘lgan bo‘g‘irsoqni dasturxonga o‘z ta’bingizga ko‘ra tortiq eting.
Yoqimli ishtaha!