Qoidalar

Yangi retsept, maslahatlarni joylashtirish hamda izoh va “layklar” qoldirish uchun siz saytdan ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Sizning qulayligingiz uchun ro‘yxatdan o‘tishning bir necha turi bor:

  • ID.UZ
  • Twitter
  • Google
  • Facebook
  • ВКонтакте
  • Odnoklassniki

Saytda qulaylik bilan aloqa qilish uchun quyidagi qoidalar o‘rnatilgan:

  • Biz sizdan boshqa saytlardan retseptlarni ko‘chirishda, retsept manbasini unga havola bergan holda ko‘rsatishingizni so‘raymiz.
  • Agarda siz o‘z retseptingizni, rasm bilan nashr qilayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi shaxsiy rasmlaringizdan foydalaning. Biroq, siz baribir retseptingiz bo‘yicha tayyorlangan taomga o‘xshaydigan begonalar rasmidan foydalansangiz, unda iltimos rasmni yuklagan joyga havolani ko‘rsating. Shuningdek, taom retsepti muallifi siz ekanligingizni ko‘rsatish yodingizdan chiqmasin.
  • Begonalar retsepti va rasmlarini ularga havola bermagan holda ko‘chirganingiz taqdirida siz ongli ravishda o‘zingizga mualliflik huquqi buzilganligi to‘g‘risidagi javobgarlikni olasiz. Garchi pazandalik retseptlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mualliflik huquqi qonuni bilan himoya qilinadigan ob'yektlar ro‘yxatiga kirmasa ham, ular adabiy faoliyat ob'yektlariga tegishli.
  • Har qanday holatda ham senzura talablariga javob bermaydigan so‘zlar va jumlalarni ishlatish taqiqlanadi.
  • Boshqa foydalanuvchilarni shaxsiy tarzda va kinoyali gaplar bilan haqorat qilish taqiqlanadi.
  • Siz tomondan nashr qilingan retseptlar barcha ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga tahrirlash va yo‘q qilish imkoniyatisiz jamoat foydalanishi uchun taqdim etiladi.

Va eng muhimi yodda tuting, shaxsiy retseptingiz asosida tayyorlangan taom ancha mazali va yoqimli hisoblanadi!