Qush tili
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 180 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 5801 ккал
- 2015-09-14 14:58:48
- 0
- 0
- 24345
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 2 stakan
- un - 3 stakan
- shakar - 3 osh qoshiq
- tuxum - 1 dona
Tayyorlash usuli
Tuxum sarig’ini oqidan ajratib olamiz
Idish olinadi va unga
2 st un solinadi. Unning orta qismini kichik chuqurcha qilib tuxum sarig’ini
solinadi.
Ushbu qorishmaga shakar, uksusda o’ldirilgan soda va o’simlik yog’ini qo’shamiz.
So’ngra kefir qo’shiladi.
Barcha mahsulotlarni bir ko’rinishga kelguncha aralashtiriladi.
Xamir quyuq holga kelishi uchun ozgina un qo’shiladi.
So’ngra, xamir qo’lga yopishmaydigan bo’lguncha aralashtiriladi.
Polietilen salafanga solinadi va 15-20 daqiqa davomida tindiriladi.
So’ngra xamirni olamiz va 3 mm qalinlikda yoyamiz.
2-3 sm enlikda to’g’ri to’rtburchak shaklida kesib chiqiladi.
O’rta qismdan pichoqda kesiladi.
Bitta kesib tayyorlangan qush tilini qo’lga olinadi.
So’ngra qirqilgan kesmaning o’rtasidan qush tilining bir uchini olib o’tamiz.
Barcha xamirni yuqorida keltirilgandek holga keltirib chiqiladi.
Yog’ni qizdirilgan holiga qush tilini solamiz va ikki tomonini pishirib olamiz.
Tayyor bo’lgan qush tilidan ortiqcha yog’ chiqib ketishi uchun salfetkaga qo’yib chiqiladi, qush tilini ustiga shakar kukunini sepgan holda tortiladi.
Tayyor mahsulot shunday
ko’rinishda bo’ladi.