No‘xatsho‘rak
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 980.1 ккал
- 2015-09-29 11:48:43
- 1
- 0
- 21802
Masalliqlar
- qo'y go'shti - 250 gr
- sabzi - 1 dona
- piyoz - 1,5 dona
- tuz - 1 bir chimdim
- qo'y yog'i - 40 gr
- yanchiilgan qizil qalampir - 0,25 choy qoshiq
- yanchiilgan kashnich - 0,5 choy qoshiq
Tayyorlash usuli
1-qadam
No‘xotsho‘rakni tayyorlash uchun no‘xot, qo‘sh go‘shti, qo‘y dumbasi yoki o‘simlik moyi kerak bo‘ladi. Shuningdek, sabzi, piyoz hamda ziravorlar tayyorlab olinadi. Istakka ko‘ra zira qo‘shish ham mumkin, lekin yanchilgan kashnich urug‘i zxiga hos ta'm baxsh etadi.
2-qadam
Qo‘y go‘shti bo‘laklarga kesiladi, dumba esa mayda to‘g‘raladi. Odatda, ko‘pchilik qo‘y dumbasini xushlamaydi, lekin bu taomda uning o‘rni juda muhim. Lekin o‘simlik moyiga tayyorlansa ham bo‘ladi.
3-qadam
Qizdirilgan qozonda qo‘y dumbasi qo‘rugunga qadar eritiladi. Jizzasi boshqa idishga olib qo‘yiladi. Endi bu yog‘da taom tayyorlashga o‘tamiz. Tayyorlamoqchi bo‘lgan taomimiz 2 kishi uchun.
4-qadam
Qo‘y go‘shti qizargunga qadar qovurib olinadi va ziravorlar qo‘shib yana qovurishda davom ettiriladi.
5-qadam
Ketidan yirik to‘g‘ralgan piyoz va sabzi solinadi. Qovurish davomida piyoz ezilib ketadi, sabzi esa yirikligicha qoladi, lekin barcha masalliqlar yumshoq bo‘ladi.
6-qadam
Quvurilgan sabzi va piyozning ko‘rinishi shunday bo‘lishi lozim.
7-qadam
Endi qozonga oldindan ivitib qo‘yilgan no‘xot yuvib solinadi. Ustidan qancha no‘xot solingan bo‘lsa, shuncha suv solinadi. Suvi qaynab chiqqach, ko‘pigi olinadi, qozon qopqog‘i yopiladi va no‘xot yumshagunga qadar qaynatiladi. Odatda, buning uchun taxminan 40-45 daqiqa yetarli.
8-qadam
Taom tayyorlanish davomida suv bug‘lanib ketadi va qozon ostida shirasi qoladi.
9-qadam
Tayyor taom laganda yuziga piyoz va ko‘katlar to‘g‘rab dasturxonga uzatiladi. Yoqimli ishtaha!