Frikadelkali sho'rva
- Muallif: Malika
- Tayyorlash vaqti: 55 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 755.28 ккал
- 2015-09-30 15:24:29
- 0
- 0
- 9264
Masalliqlar
- kartoshka - 2 dona
- sabzi - 1 dona
- piyoz - 1.5 dona
- guruch - 3-4 osh qoshiq
- suv - 2-2.5 litr
- tuz - 1 bir chimdim
- sut - 1 stakan
- tovuq go'shti qiyma - 0.5 kg
Tayyorlash usuli
1. Suvni qaynash darajasiga olib keling.
2. Lavr bargi va ta'bga ko‘ra murch va tuz soling.
3. Kartoshkani solib, olovni o‘rta darajagacha pasaytiring.
4. Alohida tovada sariyog‘ni eritib, piyozni soling. 1/4 - 1/3 choy qoshik tuz solib, ustini yopib, o‘rta olovda 3-5 daqiqa davomida piyoz shaffof rangga kirguncha qovuring.
5. Sabzini soling va yana bir chimdim tuz sepib, ustini yopgan holda 2 – 4 daqiqa davomida qovurishda davom eting.
6. Tayyor bo‘lgan aralashmani sho‘rvaga qo‘shing.
7. Sutga non uvog‘ini qo‘shib, 5 daqiqa davomida uvog‘lar sutni shimib, yumshaguncha tindiring.
8. Uvog‘ga qolgan barcha masalliqlarni solib yaxshilab aralashtiring.
9. SHo‘rvaga guruchni qo‘shing (guruchni sho‘rvaga frikadelkalani solishdan oldin qo‘shiladi).
10. Qo‘lingizni namlab, qiymadan yarim osh qoshiq kattaligida koptokchalar yasang va mildillab turgan sho‘rvaga solib chiqing.
11. Olovni ko‘tarib bir qaynatib oling va yana pasaytirb, guruch va frikadelkalar yaxshilab pishguncha, yoki o‘rtacha 20 daqiqa, kaynatishda davom eting.
12. Tayyor bo‘lgan sho‘rvani ko‘katlar bilan bezatib, dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha.