Fransuzcha muzqaymoq

  • Muallif: Malika
  • Tayyorlash vaqti: 160 daq
  • Toifa: Desertlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 80317.4 ккал
  • 2015-10-08 11:58:47
  • 0
  • 0
  • 12734

Masalliqlar

  • shakar - 1 stakan
  • sut - 2 stakan
  • vanilin - 4 gr
  • slivki - 2 stakan
  • tuxum sarig'i - 4 dona

Tayyorlash usuli

Mazali klassik fransuz vanilli muzqaymog‘ining mazasi siz va oilangiz a’zolari yodida anchagacha qolishiga shubhamiz yo‘q. Demak, ishga kirishamiz.

Zarur masalliqlar:

  • 2,5 stakan sut
  • 4 dona tuxum sarig‘i
  • 1 stakan shakar
  • 2 stakan qaymoq
  • 1 pachka vanilin
  • konditerlik bezaklari

Tayyorlanishi:

1. Sutni idishga solib, o‘rta olovda qaynatamiz. Vanilin qo‘shamiz.

2. Tuxumning sarig‘ini oqidan ajratib, shakar bilan birga ko‘pirtiramiz. Aralashma oq rangga kirgunicha ko‘pirtirishda davom etamiz.

3. Qaymoqni ham yaxshilab ko‘pirtirib olamiz.

4. Tuxum va shakarli aralashmani vanilinli sutga qo‘shib, qaynatamiz. Quyuqlashgunicha, doimiy ravishda aralashtirib turamiz

5. Uni suzgichdan o‘tkizib, ko‘pirtirilgan qaymoq bilan aralashtiramiz

6. Aralashmani sovitgichda bir kechaga qoldiramiz. So‘ng, uni blenderda yaxshilab ko‘pirtirib, plastik idishga solamiz va yana 2—4 soatga muzlatgichga qo‘yamiz

7. Qotgan muzqaymoqni muzlatgichdan olib, xona haroratida biroz erigunicha kutamiz va konditerlik bezaklari bilan yasatamiz.

Muzqaymoq tayyor. Yoqimli ishtaha!