Sarimsoqli non

  • 2015-10-23 15:14:47
  • 0
  • 0
  • 6484

Masalliqlar

  • sarimsoqpiyoz - 1 bog‘
  • sariyog' - 250 gr
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • tuyilgan qora murch - 1 choy qoshiq
  • pishloq - 200 gr
  • non - 1 dona

Tayyorlash usuli

Sarimsoqli nonni tayyorlash juda tez va oson, mazasi esa sarimsoqni hush ko'rmaydiganlarni ham befarq qoldirmaydi. Sarimsoqni pishirib olish nonga o'zgacha ta'm va maza beribgina qolmay balki xom sarimsoqga hos bo'lgan o'tkir va badbuy hidni ham kesadi. Bu nonni har qanday taom bilan, ayniqsa suyuq ovqat yoki salatlar bilan iste'mol qilsa bo'ladi.
1. Duxovkani 200 darajagacha qizdirib oling.
2. Sarimsoq piyozni butunligicha alyumin folgaga o'rab 20 – 30 daqiqa davomida pishiring. Sarimsoq piyozni ustini barmoq bilan bosganda yumshab cho'ksa, demak pishgan bo'ladi.
3. Sarimsoqni tovada pishirsa ham bo'ladi. Buning uchun uni donalarga ajratib (po'sti olinmaydi) o'rta olovda har bir tarafini qizarguncha o'girib pishiriladi.
4. Sarimsoq biroz sovugach, po'stini tozalab pichoqda mayda qilib to'g'raladi. Vilkada yoki sarimsoq ezadigan moslamada ezib, maydalsa ҳam bo'ladi.
5. Sariyog'ni yumshatib olinadi. Hamma masalliqlarni bir idishga solib, vilkada ezib aralashtiriladi.6. Baton nonini uzunasiga o'rtadan bo'lib, sarimsoqli aralashmani nonga surtib chiqiladi.7. List ustiga pishiriq kog'ozi qo'yib, non bo'laklarini 10 – 15 daqiqa davomida (oldingan 200 darajagacha qizitib qo'yilgan) duxovkada, chiroyli qizg'ish rangga kirguncha pishiriladi. Tayyor bo'lgan nonni bo'laklarga bo'lib, dasturxonga tortiladi.8. Bu nonni eniga, o'zingizga yoqqan qalinlikda, kesib tayyorlasa ham bo'ladi. Bunda non tezrok, ya'ni 5 – 7 daqiqa davomida, pishadi.
Qo'shimcha:
- Qo'shilayotgan pishloqni sifati qancha yaxshi bo'lsa ham nonni ta'mi shuncha mazali chiqadi.
- Sarimsoqli aralashmani oldinan ko'p qilib tayyorlab qo'yib, muzlatgichda, usti mahkam yopiladigan idishda saqlasa bo'ladi. Kerak bo'lganda eritib, nonga tezda surtib, pishirib olinadi.


Teglar: oson