Murabboli rulet

  • 2015-10-27 16:05:33
  • 0
  • 0
  • 8646

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 0.5 stakan
  • un - 4 stakan
  • shakar - 1.5 stakan
  • sariyog' - 150 gr
  • tuxum - 3 dona
  • tuz - 0.5 choy qoshiq
  • apelsin sharbati - 0.5 stakan
  • dolchin (koritsa) - 0.5 stakan
  • vanilin - 0.5 choy qoshiq
  • qavartma - 3 choy qoshiq
  • mayiz - 1 stakan
  • yong'oq - 1 stakan
  • murabbo - 0.5 litr

Tayyorlash usuli

1. Shakar, un, xamiryumshatgich va tuzni aralashtiring.

2. O'simlik yog'iga apelsin sharbati, vanilin va tuxumni soling. Unli aralashmaga qo'shib, xamir tayyorlang. Zuvalani tsellofanga o'rab, yarim soatga muzlatkichga qo'ying.

3. Xamirni to'rt bo'lakka bo'ling. Іar bir bo'lakni qo'lingiz bilan to'rtburchak shaklda yoyib, yumshatilgan sariyog' surting. So'ngra malina murabbosini. Mayiz va maydalangan yong'oq mag'zini ham solib, rulet shaklida o'rang. Keyin bo'laklarga bo'lib, yog'langan gaz patnisiga joylang.

4. Shirinliklar yuziga dolchin va shakar sepib, 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqa qo'ying.