Vegetariancha spring rollar

  • 2015-10-29 09:28:18
  • 1
  • 0
  • 7416

Masalliqlar

  • sabzi - 1 dona
  • ko`k piyoz - 2 osh qoshiq
  • bug'doy - 0,5 stakan
  • guruch ugrasi - 100 gr
  • spring roll uchun xamir - 10 dona
  • baliqlik sous - 2 choy qoshiq

Tayyorlash usuli

Guruchlik ugra issiq suvda 2 daqiqa bug‘lanadi. Keyin suvdan olinib, kichik bo‘laklarga to‘g‘raladi.

Sabzi ingichka qirg‘ichdan chiqariladi. To‘g‘ralgan ugra va sabziga baliq sousi qo‘shilib, aralashtiriladi. Ushbu aralashmaga undirilgan bug‘doy ham qo‘shiladi.


To‘g‘ralgan piyoz qo‘shilib, aralashtiriladi.


Xamir tayyorlab olinadi. Ichiga ozgina qiyma solinadi va qattiq qilib o‘raladi.

Qizdirilgan yog‘da qovurilvadi va qog‘ozli salfetkaga qo‘yilib, yog‘i silkitib olinadi.

Spring-rollar shirin-nordon sous bilan dasturxonga tortiladi.