Ananasli va kakosli chizkeyk

  • 2015-11-02 11:46:11
  • 0
  • 0
  • 6827

Masalliqlar

  • sariyog' - 100 gr
  • tuxum - 3 dona
  • shakar upasi - 100 gr
  • ananas - 300 gr
  • pechene - 300 gr
  • kоkos qirindisi - 200 gr
  • qaymoq - 400 gr

Tayyorlash usuli

1. Xona haroratida eritilgan sariyoqqa uvalangan pechenedan qo'shib, yaxshilab aralashtiring. Pirog qolipiga aralashmani solib, tagi va chetini biroz chiqarib qo'ying-da, muzlatgichda saqlang.

2. Mikserda qaymoqni qand upasi bilan birga ko'pirtirib, bittadan tuxum qo'shing. Va ko'pirtirishda davom etgan holda masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Kokos qirindisi va bo'laklarga ajratilgan ananasni eng oxirida solasiz.

3. Pecheneli pirog asosi qotgach, muzlatgichdan olib, ichiga ananasli \"nachinka”ni soling. Yuzasini tekislab, kokos qirindisi bilan bezating. So'ng yana muzlatgichga qo'yib, 45 daqiqaga qoldiring.
Bu muzdayligicha eyiladigan desert bo'lib, faqat dasturxonga tortishdan avval likopchalarga solinadi.



Teglar: mevali chizkeyk